
Max Tech YouTube-kanalida Apple iPhone 16 Pro foydalanuvchilarini kutayotgan oʻzgarishlar e’lon qilindi.
Endilikda anakart smartfonlarning oldingi versiyalariga nisbatan butunlay boshqacha koʻrinishga ega. iPhone 16 Pro'ning ichki qismlari ham oʻzgaradi, bu, ehtimol, diagonali 6,9 dyuymgacha oshishi va yangi akkumulyator paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir.
Akkumulyator ixchamroq boʻladi, ammo uning sigʻimi va xizmat muddati oshadi. Shuningdek, uning tashqi koʻrinishi ham oʻzgaradi.
iPhone 16 va iPhone 16 Pro dizayni quvvat tugmasi ostida joylashgan tugma uchun yangi qoʻshimcha tirqishni oʻz ichiga oladi.
Yangi tugma eski iPhone modellaridagi "Bosh ekran" tugmasiga yoki trekpadga oʻxshaydi.
Ishlash qobiliyatini oshirish uchun noldan qayta ishlangan yangi chiplar kutilmoqda.
Sun'iy intellekt funksiyalari bulutli saqlashda emas, balki qurilmada mavjud boʻlishi ehtimoli yuqori.
OLED-displey Samsung S24'ga oʻxshash yangi materialdan tayyorlanadi. U yorqin va energiya tejaydigan boʻladi, bu avtonomlikni yaxshilashi va qizib ketish hamda yorqinlik bilan bogʻliq muammolarni kamaytirishi kerak.
Titan qoplamasi sayqallangan boʻladi, bu, ehtimol, Apple'ga pul tejashga imkon beradi.
iPhone 16 Pro kameralari fotosuratlar va videolardagi porlash va qoʻshaloqlikni kamaytiradi.
Kompaniya FineWoven'dan yasalgan ekologik gʻiloflarni ishlab chiqarishni toʻxtatdi va ularni iPhone 16 uchun vegan charm bilan almashtirishi mumkin.
BRS texnologiyasi iPhone 16 Pro'dagi romkalarni yanada ingichka qilishga yordam beradi.
Barcha iPhone 16 modellari harakat tugmasini oladi, ammo statistika boʻyicha aksariyat foydalanuvchilarga bu kerak boʻlmaydi.